Barcha yangiliklar
Ijtimoiy himoya va gʻamxoʻrlik – deputatlar nazoratida
Gallery image 194769
Gallery image 194770
Gallery image 194771
Gallery image 194772
Gallery image 194773
Gallery image 194774
Gallery image 194775
Gallery image 194776
Gallery image 194777
Gallery image 194778
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
22 Iyul 2026
12:11

Ijtimoiy himoya va gʻamxoʻrlik – deputatlar nazoratida

Ijtimoiy himoya va gʻamxoʻrlik – deputatlar nazoratida

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva boshchiligida Kotibiyat mudiri v.v.b A.Xasanov va kotibiyat mutaxassislari hamda Olmazor tumani Inson ijtiomiy hizmatlar markazi direktori F.Valixonovlar ishtirokida Toshkent shahar
2-sonli nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markaziga tashrif buyurdi.

⚡️ Tashrif davomida deputatlar markaz faoliyati, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya va parvarish xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔖 Ma'lumot uchun, markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi “Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat muassasalarini takomillashtirish va yangi ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.

📎 Bugungi kunda markazda 413 nafar tarbiyalanuvchi parvarish qilinib, ularga tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya hamda parvarish xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, deputatlar yotoq bo‘limi, davolash jismoniy tarbiya, massaj va muolaja xonalari faoliyatini ko‘zdan kechirib, yaratilgan sharoitlar, xizmatlar sifati hamda tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan muhit yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashdilar.