Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
22 Iyul 2026
12:08
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Romanberganovich Sultonov, deputat S.Ahmedov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Po‘lat Rahmonov ishtirokida "Prime" xususiy maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari joyida o‘rganildi.
🏫 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, xavfsizlik talablari, o‘quv jarayoniga tayyorgarlik holati hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.