Barcha yangiliklar
🏛 Sessiya kotibi saylandi
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Iyul 2026
11:58

🏛 Sessiya kotibi saylandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasida amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq sessiya kotibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

🗳 Deputatlar qarori bilan 4-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat Tuychiyeva Dilshoda Daminovna sessiya kotibi etib saylandi.

🤝 Sessiya kotibi sessiya bayonnomalarini yuritish, qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirish hamda sessiya ishini tashkiliy jihatdan samarali olib borishga xizmat qiladi.