Barcha yangiliklar
Hamkorlik amalda – ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati
Gallery image 194741
Gallery image 194742
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Iyul 2026
11:43

Hamkorlik amalda – ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan biriktirilgan hamkorlik tizimi doirasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputati X. Turdiyev "Inson" ijtimoiy xizmatlar tuman bo‘limi rahbari A. Usmonov bilan uchrashib, tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlar bilan ishlash hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Bunday hamkorlik deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda davlat xizmatlari sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.