Barcha yangiliklar
Deputat yoshlar bandligini o‘rgandi
Gallery image 194705
Gallery image 194706
Gallery image 194707
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
22 Iyul 2026
11:29

Deputat yoshlar bandligini o‘rgandi

 O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning savdo, xizmat ko‘rsatish, qurilish-ta’mirlash hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Deputat sartaroshlik, ustachilik va boshqa xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mehnat qilayotgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning faoliyati, mavjud shart-sharoitlari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Suhbat davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni o‘zini o‘zi band qilish tizimiga jalb etish, ularning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi