Barcha yangiliklar
7-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
Gallery image 194703
Gallery image 194704
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
22 Iyul 2026
11:28

7-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

 O‘rganish davomida poliklinikada bemorlarni qabul qilish tizimi, shifokorlar faoliyati, dori-darmon ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablari, tibbiy jihozlarning holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan taklif va muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Aholining sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini takomillashtirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi