Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 194681
Gallery image 194682
Gallery image 194683
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
22 Iyul 2026
11:20

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi va doimiy ish bilan ta’minlash, huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan zarur vazifalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida har bir yoshning murojaati alohida nazoratga olinishi, ularning muammolarini qonunchilik doirasida hal etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolariga bevosita yechim topish va hayotda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish — kelajak taraqqiyotiga qaratilgan muhim investitsiyadir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi