Barcha yangiliklar
"Davlat tili to‘g‘risida"gi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Gallery image 194674
Gallery image 194675
Gallery image 194676
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Iyul 2026
11:13

"Davlat tili to‘g‘risida"gi qonun ijrosi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus savolnoma asosida tumandagi tashkilot va muassasalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugun ishchi guruh Pastdarg‘om tumani 1-son texnikumida bo‘lib, ish yuritish hujjatlari davlat tilida va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida rasmiy hujjatlar, ichki yozishmalar, axborot vositalari, ko‘rgazmali materiallarni amaldagi qonunchilik talabiga muvofiqligi tahlil qilindi.

Davlat tilining nufuzini yanada oshirish, ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan to‘liq foydalanishni ta’minlash, kamchiliklarni bartaraf etish yuzadidan tavsiyalar berdi.