Barcha yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
Gallery image 194672
Gallery image 194673
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Iyul 2026
11:09

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan joylarda o‘rganilmoqda.

Jumladan, deputat X. Turdiyev tumandagi 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, olib borilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, taklif va tavsiyalar berildi.