Barcha yangiliklar
Deputatlik hamkorligi doirasida ta’lim sohasida amaliy muloqot o‘tkazildi
Gallery image 194657
Gallery image 194658
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Iyul 2026
11:02

Deputatlik hamkorligi doirasida ta’lim sohasida amaliy muloqot o‘tkazildi


Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan biriktirilgan hamkorlik tizimi doirasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Pastdarg‘om tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga biriktirilgan tuman deputati X. Turdiyev bugun mazkur tashkilotda bo‘lib, sohadagi dolzarb masalalar, hamkorlik yo‘nalishlari hamda amaldagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan bo‘lim mudirasi N. Saparova bilan suhbat o‘tkazdi.

Muloqot davomida ta’lim tizimidagi mavjud holat, muammolarni bartaraf etish yo‘llari hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bo‘lim faoliyati bilan yaqindan tanishilib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.