Barcha yangiliklar
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
Gallery image 194596
Gallery image 194597
Gallery image 194598
Gallery image 194599
Gallery image 194600
Gallery image 194601
Gallery image 194602
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
04 Iyul 2026
00:00

“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam

“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi raisi A.Keldiyev, Viloyat Kengashi deputati U.Julbulov, tuman hokimligi mas’ullari hamda kotibiyat mudiri F.Bektemirov ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” mahallasi loyihasi doirasida Ko‘kdala tumanining Ko‘kdala mahallasi hududida maxsus yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududdagi 24/7 ko‘chasi hamda mahalla umumiy qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida aholiga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonun mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Hududni “Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” talablariga mos, namunali va obod mahallaga aylantirish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.