Barcha yangiliklar
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
Gallery image 194577
Gallery image 194578
Gallery image 194579
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
18 Iyun 2026
00:00

Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi 8-G‘allakor saylov okrugi deputati X.Tursunova, doimiy komissiya a’zolari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ishtirokida hududdagi tibbiyot muassasalarida bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash va dori-darmonlar bilan uzluksiz ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida ekani ta’kidlandi.