Barcha yangiliklar
YO‘LLAR SIFATI VA MUROJAATLAR IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
Gallery image 194531
Gallery image 194532
Gallery image 194533
Gallery image 194534
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
22 May 2026
00:00

YO‘LLAR SIFATI VA MUROJAATLAR IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

YO‘LLAR SIFATI VA MUROJAATLAR IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi Doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamda kotibiyat xodimlari hamkorligida tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasining ish faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, yilning qolgan qismida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar, manzilli chora-tadbirlar ham muhokama markazida bo‘ldi.

Ayniqsa, deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlariga berilayotgan javob xatlarining mazmuni, ijro sifati va murojaatlarning amaliy yechimi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Obod va xavfsiz yo‘llar — hudud taraqqiyoti hamda aholi farovonligining muhim omilidir!