Barcha yangiliklar
YOSHLAR BANDLIGI VA KELAJAGI — DOIMIY E’TIBORDA
Gallery image 194511
Gallery image 194512
Gallery image 194513
Gallery image 194514
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
21 May 2026
00:00

YOSHLAR BANDLIGI VA KELAJAGI — DOIMIY E’TIBORDA

Tuman hokimi, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi deputati X.Djurayev tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari hamkorligida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, kasb-hunar o‘rganishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda oliy ta’lim muassasalariga kirishda mavjud imtiyoz va yengilliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.