Barcha yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar o‘rganildi
Gallery image 194485
Gallery image 194486
Gallery image 194487
Gallery image 194488
Gallery image 194489
Gallery image 194490
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
21 Iyul 2026
00:00

“Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “O‘zbegim” MFY hududida joylashgan “Muz saroyi”da bo‘lib, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida yozgi ta'til davrida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport to‘garaklariga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Muz saroyi”da tashrif buyuruvchilar, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda dam olish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganib borilmoqda.