Barcha yangiliklar
Ekologik nazorat — sog‘lom hayot va toza muhit kafolati!
Gallery image 194477
Gallery image 194478
Gallery image 194479
Gallery image 194480
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
12 May 2026
00:00

Ekologik nazorat — sog‘lom hayot va toza muhit kafolati!

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi 14-“Ko‘kdala” saylov okrugi deputati D.Quyliyeva tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-363-sonli Qonun ijrosi yuzasidan tumandagi ijtimoiy obyektlar, tashkilot va idoralarda o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish davomida:
hududlarning sanitariya holati,
ekologik talab va me’yorlarga rioya etilishi
chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish tizimi,
ichimlik suvi va atrof-muhit tozaligi,
tashkilotlarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda aholi orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish muhim ekani ta’kidlandi.

Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!