Barcha yangiliklar









OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
21 Iyul 2026
00:00
Hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev o‘z saylov okrugidagi “Guliston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla aholisiga qulaylik yaratish maqsadida oqova tarmog‘ini tortish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur jarayon mahalla raisi va faollari ishtirokida o‘rganilib, ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.