Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Deputat_faoliyati  DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 194431
Gallery image 194432
Gallery image 194433
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
22 Iyul 2026
09:25

#24_ta_masala #Deputat_faoliyati DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 14-Ipoq saylov okrugidan saylangan deputati Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich tomonidan tumandagi 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar o‘yingohini ta’mirlash ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida bolalar o‘yingohida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda ishlarning belgilangan muddat va talablar asosida amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube