Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 3-sessiyasi o‘tkazildi.
Gallery image 22696
Gallery image 22697
Gallery image 22698
Gallery image 22699
Gallery image 22700
Gallery image 22701
Gallery image 22702
Gallery image 22703
Gallery image 22704
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
27 Dek 2024
11:36

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 3-sessiyasi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 3-sessiyasi o‘tkazildi. 

Unda tuman prokurori, 2-sektor rahbari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi to‘g‘risida va tumanda 2024 yil davomida qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi to‘g‘risida va tumanda 2024 yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va uni oldini olish, shuningdek jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4-sektor rahbari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi to‘g‘risida va 2024 yil yakunida soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi, unga oid prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi yuzasidan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;

Qiziltepa tumanining 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;

Qiziltepa tumanida 2025 yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i stavkalarini hamda mol-mulk solig‘ini hisoblashda qo‘llaniladigan eng kam qiymatni tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya hokimlikning "Instagram" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida jonli efirda uzatildi.