Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 194383
Gallery image 194384
Gallery image 194385
Gallery image 194386
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
22 Iyul 2026
08:53

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 PREZIDENT TOPSHIRIQLARI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati K.Xakimova tomonidan "Ko‘rkam diyor" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma loyihalari hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish, "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarning ijro holatiga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.