Barcha yangiliklar
Hokim va Kengash hamkorlikda
Gallery image 194357
Gallery image 194358
Gallery image 194359
Gallery image 194360
Gallery image 194361
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
21 Iyul 2026
20:04

Hokim va Kengash hamkorlikda

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish maqsadida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman Kengashi raisi Akrom Turdiyev, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov va tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Mo‘minovlar tomonidan mazkur hududdagi ishlar koʻzdan kechirilib, masʼullarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Obod va fayzli maskanlarni yaratish – barchamizning umumiy burchimiz. Shu bois fuqarolarni ham atrof-muhitni asrash, ozodalikka rioya etish va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube