Barcha yangiliklar
Mahalladagi infratuzilma masalalari joyida o‘rganildi
Gallery image 194315
Gallery image 194316
Gallery image 194317
Gallery image 194318
Gallery image 194319
Gallery image 194320
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
21 Iyul 2026
19:12

Mahalladagi infratuzilma masalalari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga "Noib ko‘prigi" saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida hududdagi infratuzilma va aholini qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Oqtepasoy ko‘chasi ko‘cha boshisi, Oqtepasoy ko‘chasi 53-uyda yashovchi Toshkenboyev Odiljon bilan uchrashilib, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida ko‘cha boshisi tomonidan deputat M.Yunusov tashabbusi bilan Oqtepasoy ko‘chasidan Sherali Mingboshi ko‘chasigacha bo‘lgan qariyb 200 metr yo‘lni asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborilgani alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, boshlangan bunyodkorlik ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash va asfaltlash ishlarini jadallashtirish yuzasidan taklif bildirildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalaning ijrosi nazoratga olinib, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi