Barcha yangiliklar
OLMAZOR TUMANIDA AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Gallery image 194243
Gallery image 194244
Gallery image 194245
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
21 Iyul 2026
18:31

OLMAZOR TUMANIDA AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

OLMAZOR TUMANIDA AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova tomonidan saylov okrugi hududidagi aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish natijasida Olmazor tumani "Quyosh" mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarning ichki elektr taqsimlovchi shitlari ta'mirlanib, tartibga keltirildi.

💡 Mazkur ishlar elektr ta'minoti tizimining ishonchliligi va xavfsizligini oshirish, favqulodda holatlarning oldini olish hamda aholiga sifatli va uzluksiz kommunal xizmat ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

📈 Hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun xavfsiz va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📌 Obod va xavfsiz mahalla — farovon hayot garovi!