Barcha yangiliklar
#deputat_nazorati
Gallery image 194123
Gallery image 194124
Gallery image 194125
Gallery image 194126
Gallery image 194127
Gallery image 194128
Gallery image 194129
Gallery image 194130
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
21 Iyul 2026
17:31

#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova "Jamiyat" mahallasida bo‘lib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi.
📌O‘rganish jarayonida mahalladagi tibbiy xizmat sifati, aholining oilaviy shifokor va hamshiralar faoliyatidan qoniqish darajasi, dori-darmon ta’minoti hamda profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
📌Deputat aholi murojaatlariga alohida e’tibor qaratib, aniqlangan muammo va takliflarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
📌Bunday o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda joylardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.