Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
Gallery image 194109
Gallery image 194110
Gallery image 194111
Gallery image 194112
Gallery image 194113
Gallery image 194114
Gallery image 194115
Gallery image 194116
Gallery image 194117
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
21 Iyul 2026
17:26

Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanidan tanlab olingan “Yangi diyor” mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror ijrosi, xususan, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishini deputatlik nazorati doirasida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 13-“Shabada” saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Bahodir Xoliqov tomonidan “Yangi diyor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida mahalladagi 476 o‘quv o‘rinli 45-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “ASATULLAEV FIRDAVS” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda maktab binosining ichki va tashqi qismlarida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Xususan, sinf xonalari, yo‘laklar, tom qismi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda binoning tashqi fasadini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Deputat tomonidan qurilish ishlari sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining talab darajasida ekani, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda ishlarning belgilangan grafik asosida olib borilishi yuzasidan atroflicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida pudratchi tashkilot mas’ullariga ishlar sifatini yanada oshirish, qurilishni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.