Barcha yangiliklar
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
Gallery image 194034
Gallery image 194035
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
21 Iyul 2026
16:58

🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Babajanova Manzura Nuriddinovna tomonidan Oq oltin mahallasi hududida elektr ta’minotini yaxshilash hamda yangi transformator punktini o‘rnatish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
⚡️ Mazkur deputatlik so‘rovi asosida:
✅ Muammo mutasaddi tashkilot tomonidan o‘rganildi;
✅ Hududdagi mavjud transformator punktlarini yuqori quvvatlisiga almashtirish bo‘yicha taklif kiritildi;
✅ Transformator punktini almashtirish ishlari boshlandi;
✅ Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammo ijobiy hal etildi.
🤝 Deputatlik nazorati va amaliy hamkorlik orqali fuqarolarning murojaatlariga yechim topish hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.