Barcha yangiliklar
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
Gallery image 194018
Gallery image 194019
Gallery image 194020
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
20 Iyul 2026
16:44

Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan 16-kuyuk-ko'pir saylov okrugi deputati - Kotibiyat mudiri M.Urazbayev, Kuyuk-ko‘prik OFY hududidagi Xo‘ja ovul aholi punktining 2-Oltinyop ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Uyma-uy muloqotlar davomida aholining turmush sharoiti, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.