Barcha yangiliklar
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi
Gallery image 193981
Gallery image 193982
Gallery image 193983
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
21 Iyul 2026
16:32

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi

#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi


Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov o‘z saylov okrugida hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda iqtisodiy sohaga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida aholi bilan muloqot qilinib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillariga zarur tavsiyalar berilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Mazkur deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish, o‘rganish jarayonlarini monitoring qilish va tegishli axborotlarni shakllantirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova mas’ulligida amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash