Barcha yangiliklar



YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
21 Iyul 2026
16:04
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
🏛 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda chorvachilik va urug‘chilik sohasini takomillashtirishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
📁 Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda agrar sohada huquqiy munosabatlarni takomillashtirish hududlarni barqaror rivojlantirishning muhim omillaridan hisoblanadi.
📝 Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:
📝 “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
📆 №165-I | Qabul qilingan sana: 21.12.1995
🔺 Mazkur qonun chorvachilikda naslchilik ishlarini tashkil etish, nasldor hayvonlar genofondini saqlash va rivojlantirish hamda mahsuldorlikni oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📝 “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahrir)
📆 №662-II | Qabul qilingan sana: 26.08.2004
🔺 Ushbu qonun fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish, ularning huquq va majburiyatlari hamda agrar sohada tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📝 “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahrir)
📆 №O‘RQ-397 | Qabul qilingan sana: 29.12.2015
🔺 Mazkur qonun hayvonlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda veterinariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
📝 “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
📆 №O‘RQ-521 | Qabul qilingan sana: 16.02.2019
🔺 Qonun yuqori sifatli urug‘lik materiallarini yetishtirish, sertifikatlash va ulardan samarali foydalanishni tartibga solishga xizmat qiladi.
📝 “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
📆 №O‘RQ-538 | Qabul qilingan sana: 20.05.2019
🔺 Ushbu qonun yaylovlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va degradatsiyaning oldini olish orqali chorvachilikni barqaror rivojlantirishga qaratilgan.
📝 “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
📆 №O‘RQ-681 | Qabul qilingan sana: 01.04.2021
🔺 Mazkur qonun tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladi.
📝 “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
📆 №O‘RQ-680 | Qabul qilingan sana: 01.04.2021
🔺 Qonun dehqon xo‘jaliklari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.
💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga agrar sohani rivojlantirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni samarali amalga oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash