Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 193918
Gallery image 193919
Gallery image 193920
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
21 Iyul 2026
15:40

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining raisi lavozimiga tayinlangan Sattorov Aziz Rashitovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov va tuman “Ekologik” partiyasi a’zolari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan o‘zaro suhbat davomida Kengash raisi siyosiy partiyalarning mahalliy Kengashlar bilan hamkorligi hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish va davlat boshqaruvida fuqarolik jamiyati ishtirokini ta’minlashning muhim mexanizmi hisoblanishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, buning uchun deputatlar faolligini oshirish, deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mahalliy ijro organlari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, xalqimizga xizmat qilish zarurligiga e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.