Barcha yangiliklar
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 193830
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
21 Iyul 2026
14:34

"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.Ahmedov tomonidan tuman "Agrobank" filialida O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O‘RQ-580-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🏦 O‘rganish davomida bank xizmatlarining sifati, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, kredit ajratish jarayonlarining shaffofligi, qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda mijozlarga yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.