Barcha yangiliklar
Deputat II chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
21 Iyul 2026
14:27

Deputat II chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafar Dovlatov Sharlauq mahallasida 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot taqdim etdi.

🤝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, deputatlik nazorati, fuqarolar murojaatlarini hal etish borasidagi natijalar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida olib borilgan faoliyat haqida batafsil axborot berildi. Shuningdek, saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.