Barcha yangiliklar
#deputat_nazorati Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan saylov okrugidagi Yoyilma mahallasi Toʻralar koʻchasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.
Gallery image 193790
Gallery image 193791
Gallery image 193792
Gallery image 193793
Gallery image 193794
Gallery image 193795
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
21 Iyul 2026
13:58

#deputat_nazorati Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan saylov okrugidagi Yoyilma mahallasi Toʻralar koʻchasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida deputatga Yoyilma MFY raisi hamrohlik qilib, hududda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Mazkur asfaltlash ishlari "Muhammad Fayz" MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. Deputat tomonidan ishlarning loyiha talablari asosida va sifatli bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilayotgani ta'kidlandi.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining qulay va xavfsiz harakatlanishini ta'minlashga qaratilgan bunday loyihalar ijrosi deputatlik nazorati ostida davom ettiriladi.