Barcha yangiliklar
#Kengash_qarori
Gallery image 193740
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
21 Iyul 2026
13:28

#Kengash_qarori

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasida 5-Do‘stlik saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazishni moliyalashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan shahar saylov komissiyasi axboroti tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "5-Do‘stlik saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazishni moliyalashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qabul qilingan qaror saylovni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, o‘z vaqtida va sifatli tashkil etishni moliyaviy jihatdan ta'minlashga xizmat qiladi.