Barcha yangiliklar











OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
21 Iyul 2026
11:46
Elektr ta’minoti barqarorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi E. Karimov hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda "G‘ayrat" MFY hududida elektr ta’minoti holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida transformator punktlarining ish quvvati, havo elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, eskirgan simyog‘och va kabellarni bosqichma-bosqich yangilash hamda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida ham kuzatib boriladi.