Barcha yangiliklar
Qonun ijrosi deputat va kotibiyat e’tiborida
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
20 Iyul 2026
11:30

Qonun ijrosi deputat va kotibiyat e’tiborida

Qonun ijrosi deputat va kotibiyat e’tiborida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A. Kamolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Ergasheva tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat MChJlarda bo‘lishdi.

Uchrashuv va o‘rganishlar davomida mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi (2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli) Qonuni ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati yaqindan tanishildi.

Deputat va kotibiyat xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalar, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda xavfsizlikni ta'minlash borasidagi majburiyat va huquqlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.