Barcha yangiliklar
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
Gallery image 193600
Gallery image 193601
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
21 Iyul 2026
11:28

Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda

Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Islomov tashabbusi bilan hamda “Madad” NNT xodimlari ishtirokida Azizobod MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarga huquqiy masalalar yuzasidan bepul yuridik maslahatlar berilib, ayrim murojaatlar bo‘yicha sudgacha bo‘lgan nizolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarini tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.