Barcha yangiliklar
Investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
Gallery image 193597
Gallery image 193598
Gallery image 193599
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
20 Iyul 2026
11:24

Investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari N.Fatullayeva, I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida "Tinchlik" va "Zarafshon" mahallalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holati o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida loyihalarning amalga oshirilish jarayoni, belgilangan vazifalar ijrosi, ish o‘rinlari yaratilishi hamda mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi. Mas’ullarga aniqlangan masalalarni bartaraf etish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
➡️Bunday o‘rganishlar hududlarda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.