Barcha yangiliklar
Kengash raisi D. Safarova va deputatlar tashabbusi: mahallalarni namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
18 Iyul 2026
11:17

Kengash raisi D. Safarova va deputatlar tashabbusi: mahallalarni namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

Kengash raisi D. Safarova va deputatlar tashabbusi: mahallalarni namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi boshchiligidagi deputatlar guruhi aholi farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bevosita joylarda ish olib bormoqda. Xususan, tumandagi mahallalarni namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha belgilangan keng ko‘lamli vazifalar ijrosiga kirishildi.

Mazkur tizimli o‘zgarishlarning ilk bosqichida Kengash raisi va tuman deputatlari mahalla faollari hamrohligida xonadonbay yurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.