Barcha yangiliklar
Deputat jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari bilan tanishdi
Gallery image 193570
Gallery image 193571
Gallery image 193572
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
17 Iyul 2026
11:06

Deputat jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U. Ro‘ziyev Ko‘liyon mahallasida bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
📌Tashrif davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, profilaktik chora-tadbirlar, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mutasaddilar bilan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashilib, profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
📌Deputat bunday o‘rganishlar mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.