Barcha yangiliklar







MURODOV RAXMAT AXADOVICH
17 Iyul 2026
11:04
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U. Ro‘ziyev Ko‘liyon mahallasida aholi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
✅Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda bandlikka oid taklif va murojaatlari tinglandi. Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
✅Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.