Barcha yangiliklar
Shahar tibbiyot tizimi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 193243
Gallery image 193244
Gallery image 193245
Gallery image 193246
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
20 Iyul 2026
18:39

Shahar tibbiyot tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan Kengashning "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Qo‘qon shahar Shoshilinch tez tibbiy yordam markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markazning aholiga ko‘rsatayotgan shoshilinch tibbiy xizmatlari, tez yordam brigadalari faoliyati, mavjud moddiy-texnik baza, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, markazda tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar doimiy komissiya tomonidan umumlashtirilib, Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti sessiya muhokamasida har tomonlama ko‘rib chiqilishi uchun tegishli xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi.

Mazkur o‘rganish ishlari deputatlik nazoratini kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi