Barcha yangiliklar
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi
Gallery image 193223
Gallery image 193224
Gallery image 193225
Gallery image 193226
Gallery image 193227
Gallery image 193228
Gallery image 193229
Gallery image 193230
Gallery image 193231
Gallery image 193232
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
20 Iyul 2026
18:26

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi

 Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi

📍 Olmazor tumani "Olimpiya" MFY hududida joylashgan 2-sonli "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tashkil etilgan zamonaviy stomatologiya xonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✨ Marosimda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, Olmazor tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori F.Valixonov, kotibiyat mudiri v.v.b. A.Xasanov va kotibiyat bosh mutaxassislari hamda O‘zbekiston XDP Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidovlar ishtirok etib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

📎 Mazkur loyiha Olmazor tumani "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 2-sonli internat uyi rahbari I.Mamadaliyev hamda Olmazor tumani 5-sonli Bolalar stomatologiya poliklinikasi bosh shifokori Z.Adilov hamkorligi natijasida amalga oshirildi. Endilikda internat tarbiyalanuvchilariga malakali vrach-stomatologlar tomonidan sifatli stomatologik xizmat internatning o‘zida ko‘rsatiladi

📌 Ushbu ezgu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasi, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–641, 15.10.2020) talablarini amalda ta'minlashga xizmat qiladi.

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilayotgan bunday qulay va zamonaviy sharoitlar ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash, hayot sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!