



š Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan budjet mablagālarining maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi holati deputatlik nazorati tartibida oārganildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamgāarmasi mablagālari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda oārganildi.
Monitoring davomida Oāzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PFā17-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar koāzdan kechirildi. Jumladan:
š¹ mahallalarda oārnatilgan videokuzatuv kameralari;
š¹ kirish-chiqish nuqtalariga joylashtirilgan yuzni hamda avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini aniqlovchi zamonaviy kuzatuv qurilmalari;
š¹ aholi gavjum koāchalarning tungi yoritish tizimini yaxshilash ishlari;
š¹ PTZ turdagi videokuzatuv kameralarining oārnatilish holati;
š¹ ajratilgan mablagālarning maqsadli sarflanishi hamda bajarilgan ishlarning sifati.
Monitoring davomida loyihalarning belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi, shuningdek, ajratilgan mablagālardan samarali foydalanish masalalariga alohida eātibor qaratildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan ajratilgan mablagālarning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.