Barcha yangiliklar
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Poʻlat Yoʻldoshevich Sultanov saylovchilar bilan uchrashdi
Gallery image 193052
Gallery image 193053
Gallery image 193054
Gallery image 193055
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
20 Iyul 2026
17:06

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Poʻlat Yoʻldoshevich Sultanov saylovchilar bilan uchrashdi

🤝 "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Poʻlat Yoʻldoshevich Sultanov oʻzining 10-"Doʻstlik" saylov okrugi hududidagi Doʻstlik mahallasida 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
🔹 Kengash kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov;
🔹 Kengash kotibiyati hodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
📊 Uchrashuv davomida mahallada II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
🌳 Xususan:
🔹 hududni obodonlashtirish ishlari;
🔹 koʻkalamzorlashtirish tadbirlari;
🔹 mahalla infratuzilmasini yaxshilash;
🔹 aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
🗣 Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
✅ Deputat tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, hududdagi dolzarb masalalarni oʻz vaqtida oʻrganish va ularning yechimini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar olib borilishi taʼkidlandi.