Barcha yangiliklar
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
Gallery image 192980
Gallery image 192981
Gallery image 192982
Gallery image 192983
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
20 Iyul 2026
16:17

Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi

Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toirov tomonidan Navoiy shahridagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ichki ko‘chalarning umumiy holati, yo‘l qoplamalarining sifati, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilayotgani hamda hududlarda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarining sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Navoiy shahrida ichki ko‘chalarni obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar doimiy nazorat asosida davom ettirilmoqda.