Barcha yangiliklar
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Gallery image 192965
Gallery image 192966
Gallery image 192967
Gallery image 192968
Gallery image 192969
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
20 Iyul 2026
16:03

Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning markaziy “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar, obyektning tayyorgarlik darajasi hamda qurilish sifati bilan yaqindan tanishildi. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan “Yuksak Ta’lim Ta’mir” MChJ mas’ullari bilan suhbatlashilib, loyihada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, bog‘ hududida aholi uchun qulay dam olish maskanlari, piyodalar yo‘laklari, bolalar o‘yin maydonchalari, yashil hududlar, favvoralar, amfiteatr, shoirlar maydonchasi hamda zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida qurilish materiallarining sifati, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi va belgilangan muddatlarga amal qilinishi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Deputat tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.