Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Z.Shodmonov hamda Q.Nishonov tomonidan Bog‘ishamol MFY mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 192932
Gallery image 192933
Gallery image 192934
Gallery image 192935
Gallery image 192936
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
20 Iyul 2026
15:19

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Z.Shodmonov hamda Q.Nishonov tomonidan Bog‘ishamol MFY mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, ko‘chalar, xonadonlar hamda jamoat joylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududni ozoda saqlash va umumxalq hasharlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan mahalla faollariga aholi o‘rtasida obodonlashtirish madaniyatini keng targ‘ib etish, fuqarolarni hashar va bunyodkorlik ishlariga faol jalb qilish, har bir xonadonning ozodaligi va ko‘rkamligini ta'minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ko‘chalarni tartibga keltirish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.