Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 192927
Gallery image 192928
Gallery image 192929
Gallery image 192930
Gallery image 192931
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
20 Iyul 2026
15:18

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Babayev, J.Usmonov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Mustaqillik mahallasi Mingchinor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro J.Mamatraimov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida fuqaro ko‘chada tungi yoritish chiroqlari yetarli emasligi, mavjud yoritish moslamalarining ayrimlari nosoz holga kelganini bildirib, ularni ta'mirlash hamda qo‘shimcha yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi.

Murojaat deputat tomonidan deputat kitobchasiga qayd etildi va ushbu murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani o‘rganish va uni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.