Barcha yangiliklar
🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Gallery image 192896
Gallery image 192897
Gallery image 192898
Gallery image 192899
Gallery image 192900
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
20 Iyul 2026
14:58

🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, shahar Kengashi deputati N.Xosilmurodov, komissiya a‘zolari hamda ekspertlar tomonidan navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

🔸O‘rganish davomida, "Obod MFY" “To‘qimachilar” va "I.Karimov" ko‘chalaridagi gaz taqsimlash shaxobchalarini mukammal ta‘mirlash, gaz quvirlarini estetik jihatdan tartibga keltirish ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🔸Nazorat tadbiri yakunlari bo‘yicha aniqlangan tizimli masalalar va sohani rivojlantirishga doir takliflar Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.